
Jamiyat
Taniqli jurnalist Sohibjon Alijonov 55 yoshida yurak xurujidan vafot etdi
Taniqli jurnalist, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasida uzoq yillar davomida ishlagan Sohibjon Alijonov 55 yoshida yurak xurujidan vafot etdi. Platina.uz jamoasi butun umrini televideniyeda oʻtkazgan va bugungi oʻzbek telejurnalistikasida oʻz oʻrniga ega boʻlgan taniqli jurnalist, siyosiy sharhlovchi Sohibjon Alijonovning oila aʼzolari hamda yaqinlariga hamdardlik bildiradi.